Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Ogahiy nomidagi stipendiya” sovrindorlari va “Eng yaxshi kitobxon” g‘oliblari aniqlandi

15.06.2026, 10:26 Yangiliklar 356

2026-yil 27-apreldagi 9-son Kengash qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ogahiy nomidagi stipendiya sovrindori” guvohnomasini berish hamda “Eng yaxshi kitobxon” maxsus stipendiyasi g‘oliblarini belgilash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, “Eng yaxshi kitobxon” yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi talabalar g‘olib deb topildi: Amaliy fanlar fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili yo‘nalishi) 2-kurs talabasi Boltaboyeva Ruxshinabonu — 290 ball; Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi arab tili guruhi 1-kurs talabasi Ashiraliyeva Mohichehra — 260 ball; hamda shu yo‘nalish 1-kurs talabasi G‘ulomjonov Fazliddin — 210 ball.
Shuningdek, “Ogahiy nomidagi stipendiya sovrindori” sifatida quyidagi talabalar e’tirof etildi: Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys-ingliz guruhi) 1-kurs talabasi Qo‘ziboyev Dadaxon Bekzod o‘g‘li — 83,5 ball; Amaliy fanlar fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili yo‘nalishi) 2-kurs talabasi Inoyatullayev Komronbek Sherzod o‘g‘li — 76,9 ball; Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi yo‘nalishi 2-kurs talabasi To‘laganova Samira Abdulhabob qizi — 75,2 ball; Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, Filologiya va tillarni o‘qitish (arab-ingliz guruhi) 2-kurs talabasi Axrorova Asiya Komiljonovna — 75 ball; Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, Filologiya va tillarni o‘qitish (turk-ingliz guruhi) 2-kurs talabasi Pardaboyeva Ruxsora Ibrohim qizi — 75 ball; hamda Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, Sharq falsafasi va madaniyati yo‘nalishi 2-kurs talabasi Ibragimov Yodgorjon Alisher o‘g‘li — 73,5 ball.

    WordPress Lab Brilio – Personal Portfolio WordPress Theme Brilly – Jewelry Store WooCommerce Elementor Template Kit Brilo – Construction & Industry Elementor Template Kit Bristol – Security & Guarding Services WordPress Theme Brito – IT Services & Cyber Security Solutions Elementor WordPress Theme Brixey – Responsive Architecture WordPress Theme Brünn – Creative Agency WordPress Theme Broadcasting Extension for Flow-Flow Social Stream Brodie – Personal Portfolio WordPress Theme Brodus – Personal Blog WordPress Theme