Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “OIV infeksiyasini oldini olish” mavzusida tadbir

23.12.2021, 15:54 Yangiliklar 1668

TDSHU “G‘arb tillar” kafedrasi tomonidan “OIV infeksiyasini oldini olish” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti bo‘lim rahbari, katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari doktori Bayjanov Allabergan Kadirovich o‘z maruzasi bilan qatnashdi. Mavzu bo‘yicha ko‘plab qiziqarli savollar berildi.

Mavzu bóyicha tashrif buyurganlarga ingliz tilida video rolikliklar qo‘yib berildi va u ingliz tilida muhokama qilindi. Ularga “Health” nomli crossword savollari ingliz tilida tarqatildi va ishtirokchilar crosswordga ingliz tilida javob yozdilar.  Tadbir so‘nggida “The Era of COVID-19. Problems and solutions” mavzusida essayda ishtirok etgan talabalar natijalari e’lon qilindi va ular taqdirlandilar.

Bu tadbirni tashkil qilishda “G‘arb tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Xodjaxanov Muzaffar, Nurmatov Yorqin va Ibratov Baxrombeklar faol ishtirok etdilar. Tadbirni Xodjaxanov Muzaffar va Nurmatov Yorqin ingliz va ózbek tillarda olib bordilar.

2

TDSHU Matbuot xizmati