TDSHUda “O‘zbekiston-Xitoy: madaniy-tarixiy, ilmiy-iqtisodiy aloqalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
2024-yil 16-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston-Xitoy: madaniy-tarixiy, ilmiy-iqtisodiy aloqalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov, XXRning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasining fan va ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chji Julin va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasida yangi ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari, shuningdek, universitetlararo hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi va ushbu yo‘nalishlarda faoliyatni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi, Qozog‘iston xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti, Lyaonin pedagogika universiteti, Lanzhou universiteti va Shimoli-g’arbiy normal universiteti, Xitoyning Gansu siyosatshunoslik va huquq universiteti yetakchi xitoyshunos olimlari va yosh tadqiqotchilar ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.
Ushbu konferensiya xitoyshunoslik sohasidagi fanlararo tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun institutsional platforma boʻlib xizmat qiladi, jumladan lingvistik va uslubiy jihatlar, tarixiy-falsafiy tahlil, tarjimashunoslikning nazariy va amaliy masalalari, adabiyotshunoslik va manbashunoslik, shuningdek, iqtisodiy muammolarni hal etish, zamonaviy “Bir kamar, bir yo’l” tashabbuslarini amalga tadbiq etish vazifalarini bajardi.
Anjumanning yalpi majlisidan soʻng ish seksiyalarda davom ettiriladi va forum yakunida fan va taʼlim sohasida Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlash, Oʻzbekistonda xitoyshunoslikni rivojlantirish boʻyicha amaliy takliflar umumlashtiriladi va ishlab chiqildi.
Konferensiya ishtirokchilarining ilmiy maqolalari umumlashtirildi va alohida ilmiy to‘plam shaklida chop etildi hamda Google Scholar sifatida ilmiyometrik ma’lumotlar bazalarida indekslandi, har bir ilmiy maqolaga DOI raqamli identifikatsiya raqamlari berildi.