Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda O’zbekiston-Xitoy ilmiy-tadqiqot markazi ochildi

24.01.2022, 18:22 Yangiliklar 1819

2022-yil 24-yanvar kuni O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzurida O’zbekiston- Xitoy ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Shu bilan birga, mazkur tadbirda TDSHU xitoyshunoslari tomonidan universitetda o’zbek xitoyshunosligida amalga oshirilgan ishlar taqdimotlari o’tkazildi.

Onlayn va oflayn tarzda bo’lib o’tgan mazkur marosimda O‘zbekistonning Xitoy Xalq  Respublikasidagi Favqulodda va  muxtor elchisi  Farhod Arziyev hamda elchixona vakillari, Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi vakillari, Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Axborot-tahliliy markazi direktori Doniyor Qurbonov, O‘zbekistondagi SHHT  Xalq diplomatiyasi markaz direktori Qobuljon Sobirov, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti direktori Yang Shihu, universitet rahbariyati va xitoyshunos mutaxassislari ishtirok etdi.

TDSHUda o’tgan davr mobaynida xitoyshunoslik sohasida amalga oshirilgan ishlar mehmonlar tomonidan yuqori baholanib, yangi tashkil etilgan markaz oldida turgan istiqboldagi rejalarni bajarilishida o’z ko’maklarini berishlari ta’kidlab o’tildi.

11 33 44 55 66 77 88 99 100 110

TDSHU Matbuot xizmati