Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “O‘zgarayotgan dunyo va Shanxay hamkorlik tashkiloti” monografiyasi taqdimoti bo’lib o’tdi

27.06.2022, 16:55 Ilmiy faoliyat yangiliklari 2058

Joriy yilning 27- iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bo‘yicha milliy koordinatori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Raxmatulla Ibragimovich Nurimbetovning “O‘zgarayotgan dunyo va Shanxay hamkorlik tashkiloti” monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TDSHU rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, TIV xodimlari, ShHT O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasining markazi, ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

IMG_8537 — копия

O‘zining kirish so‘zida TDSHU rektori G.Sh.Rixsiyeva taqdim etilgan monografiya universitet huzuridagi Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq qilish ilmiy-tahlil Markazi hamda ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda chop etilganligini ta’kidlab, milliy siyosatshunosligimizda Shanxay hamkorligi tashkilotining faoliyatini chuqur o‘rganishga qaratilgan ilk ilmiy asarlardan biri ekanligini ko‘rsatib o‘tdi.

IMG_8558 — копия

IMG_8547

ShHT O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasining markazi direktori Q.Q.Sobirov mazkur asarning chop etilishi mamlakatimiz jamoatchiligi orasida ShHT faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yanada ortishi, shu jumladan, “shanxay ruhi” tamoyillarining mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilishini aytdi.
Taqrizchilar siyosiy fanlar bo‘yicha fan doktori, dotsent N.Abdullayev va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent D.Safullayev monografiya yuqori darajada tayyorlanganligini, muallifning diplomatik faoliyatdagi tajribasi va bilimlari asarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirishini ta’kidlashdi.

IMG_8548

IMG_8615
Muallif R.I.Nurimbetov asarning asosiy mohiyati xususida to‘xtalib, ShHTning yangi dunyo tartiboti shakllanayotgan hozirgi davrdagi o‘rni va roli, uning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shayotgan hissasi, tuzilmaning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollari, shuningdek O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi faoliyatining o‘ziga xos jihatlari xususida so‘z yuritdi.
So‘zga chiqqanlar ayni paytda O‘zbekistonning ShHTdagi davom etayotgan raisligi munosabati bilan ushbu ilmiy asar tadqiqotchilar, doktorantlar va umuman keng jamoatchilik uchun muayyan qiziqish uyg‘otishiga alohida e’tibor qaratdi.

IMG_8605