Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Prinston universiteti vakillari bilan ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12.08.2026, 18:13 Yangiliklar 60

Muloqot davomida tomonlar qo‘shma xalqaro konferensiyalar, ilmiy seminarlar va tadqiqotlarni tashkil etish, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlardan yetakchi olimlarni jalb qilgan holda ilmiy muhokama va maslahatlashuvlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, hamkorlikda ilmiy monografiya tayyorlash va nashr etish, Afg‘onistonlik olimlar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish va ularni xalqaro ilmiy tadbirlarga jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, TDSHUda urdu, pashtu va dariy tillari bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bildirilgan tashabbuslarni amaliy hamkorlik loyihalariga aylantirish va ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.