Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o’tkazildi

18.09.2025, 15:01 Yangiliklar 1123

TDSHU da qonunchilikka rioya qilish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha Mirobod tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar boshqarmasi rahbarlari va xodimlari ishtirokida talaba yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuv davomida qonun buzilish holatlari, giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha talabalarga mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi. Shuningdek, mazkur jinoyatlarning salbiy oqibatlari bo’yicha ma‘ruzalar o’tkazilib, maxsus tayyorlangan rolik talabalar e’tiboriga havola etildi.

Uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldilar.