Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Referendum va yoshlar” mavzuida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

07.04.2023, 16:07 Yangiliklar 876

2023 yil 7 aprel sanasida TDShUda talabalar va professor-o‘qituvchilarning tashabbusi bilan “Referendum va yoshlar” mavzuida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

IMG_20230407_160211_094
Mazkur tadbirni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva o‘z kirish so‘zi bilan ochib berib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlarning mazmun mohiyati va ahamiyati haqida gipirib o‘tdi.

IMG_20230407_160211_311
Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, Turkshunoslik fakulteti dekani dotsent Jumali Shabanov, Universitet iqtidorli talabasi Komiljon Suyarov, Taekvondo sport turi bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston va xalqaro musobaqalar g‘olibi Lyudmila Popova ham spiker sifatida so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlar haqida gapirib, yoshlarni mazkur siyosiy jarayonda faol bo‘lishlikka, o‘z millati va mamlakati rivojiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdilar.

IMG_20230407_160211_044

IMG_20230407_160210_942

IMG_20230407_160210_777
Tadbir xursandchilik va ko‘tarinki ruhda o‘tib, TDSHU talabalari ijrosida  Vatan madhiga bag‘ishlangan  sheʼrlar, shuningdek El ardog‘idagi xonanda, “Do‘stlik” ordeni sohibi Akbar Atamuhammedov hamda TDSHU “Sanduvoch” ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.