Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Shab-e Yaldo” bayrami

20.12.2021, 23:51 Yangiliklar 1659

2021-yil 20-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi tomonidan qadimiy fors bayrami “Shab-e Yaldo” kechasi nishonlandi.

2

Tadbirga O‘zbekistondagi Eron Islom Respublikasi elchixonasi konsuli Murtazo Bog‘eriy tashrif buyurdi. Tadbirda talabalar tomonidan o‘zbek va fors she’riyati, raqsi, qo‘shiqlaridan namunalar, “Shab-e Yaldo” haqida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

*“Shab-e Yaldo”- Eronda har yili keng nishonlanuvchi bayram bo‘lib, she’rxonlik, g‘azalxonlik kechasi tashkil etiladi. Milodiy taqvim bo‘yicha, 20-dekabrdan 21-dekabrga oʻtar kechasi yilning eng uzun tuniga to‘g‘ri keladi.

TDSHU Matbuot xizmati