Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Sivilizatsiyalar uyg‘unligi va hamkorlik forumi” o‘tkazildi

12.06.2026, 13:22 Yangiliklar 294

2026-yil 12-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, sivilizatsiyalararo muloqotni mustahkamlash hamda madaniy almashinuvni kengaytirishga bag‘ishlangan xalqaro “Sivilizatsiyalar uyg‘unligi va hamkorlik forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston va Xitoyning ta’lim, ilm-fan hamda madaniyat sohalari vakillari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida sivilizatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlik, Buyuk ipak yo‘lining madaniy merosi, xalqaro ta’lim almashinuvi, sinologiyaning bugungi holati va istiqbollari hamda O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Forumda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Pekin universiteti, Moskva davlat universiteti, Xalqaro Konfutsiy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Madaniy meros agentligi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Shuningdek, forum doirasida universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda ilmiy-ta’limiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

    WordPress Lab Rubik – A Perfect Theme for Blog Magazine Website Rubik – Magazine and Blog WordPress Theme RubyBuild – Building & Construction WordPress Theme Rufers – Renovation Services WordPress Theme Ruffer – Roof Construction & Repair WordPress Theme Ruger – Digital Agency and Portfolio WordPress Theme Ruki – A Captivating Personal Blog Theme Ruki – A Captivating Personal Blog Theme RunCrew | Running Club, Marathon & Sports WordPress Theme Rush – Esports & Gaming WordPress Theme