Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda stipendiyalar uchun nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi

16.06.2026, 15:21 Yangiliklar 457

TDSHUda 2026–2027-o‘quv yili uchun Shoislom Shomuhammedov nomidagi rektor stipendiyasi hamda Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya talabgorlari bilan suhbat jarayoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya etish masalasi yuzasidan universitet saralash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat va saralash jarayonida nomzodlarning akademik o‘zlashtirishi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, jamoat ishlaridagi faolligi hamda shaxsiy yutuqlari komissiya tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.