Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida «O‘zbek tili»dan fan olimpiadasi universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

23.09.2026, 18:28 Yangiliklar 58

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-avgustdagi 321-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 23-sentabr kuni TDSHUda tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida «O‘zbek tili»dan fan olimpiadasi universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada xorijlik talabalar til bilish qobilyatlarini takomillashtirish, munosib yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, talabalarga O’zbek tiliga bo‘lgan qiziqishlarni oshirish va rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Olimpiada Talabalarni ilmiy faoliyatiga jalb etish bo‘limi va Xalqaro hamkorlik bo’limi hamda Turkshunoslik oliy maktabi tomonidan tashkil etildi.

G‘olib talabalar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.