Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Talabalar bilan ishlash jarayonida psixologik barqarorlikni ta’minlash uslublari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

23.09.2023, 11:25 Yangiliklar 308

Bugun 23-sentabr kuni TDSHU psixologi B.Kalonova fakultet tyutorlari ishtirokida “Talabalar bilan ishlash jarayonida psixologik barqarorlikni ta’minlash uslublari” mavzusida seminar-trening tashkil qildi. Unda talabalar hayotidagi muammolar, ularning ruhiy holatlari to’g’risida, talabalar  bilan ishlashda muomala madaniyati to’g’risida fikr mulohazalar bildirildi. Seminar-trening davomida “SWOT tahlili” metodi orqali tyutorlar o’z faoliyatlarini tahlil qilib, o’zlarining kamchilik va yutuqlarini haqida so’z yuritdilar. Shuning bilan birga stress-menejmenti orqali murakkab holatlarni to’g’ri baholash va tushkun holatdan tez holi bolish mumkinligi psixolog tomonidan ta’kidlanib, kerakli tavsiyalar berildi.