Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish” mavzusida davra suhbati bo’lib o‘tdi

25.10.2024, 16:08 Yangiliklar 154

O‘zbekistonda dunyoni yangicha idrok etayotgan, bobolar merosi va umumbashariy qadriyatlar hamda kashfiyotlarni teng o‘zlashtirayotgan yoshlarning zamonaviy avlodi ulg‘aymoqda.  Ular o‘rtasida turli yo‘nalishdagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha tizmli ishlarni tashkil etish bugunning muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda.

IMG_07211

2024-yil 25-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Ergashev Olimxon Alisherovich, universitet inspektori Muazzam Jo‘rayeva hamda fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va talabalari bilan “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

IMG_06661

Suhbatda podpolkovnik Ergashev Olimxon talabalarga huquqbuzarliklarni oldini olish va uning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashish, giyohvandlik, dini aqidaparastlik, terrorizm va uning ayanchli oqibatlari haqida so‘zlab o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

photo_2024-10-25_17-31-15

IMG_06662

Tadbir davomida talaba-yoshlarning ogohlik va hushyorlikka da’vat etuvchi videoroliklar namoyish etildi.

IMG_06664

Davra suhbati yakunida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va mas’ullar Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doimiy e’tibor qaratishi kerakligi alohida ta’kidlandi.

IMG_06666

241A0543