TDSHUda talabalarining akademik faoliyati va ijtimoiy faolligi ko’rsatkichlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq, talabgorlarning grant uchun akademik o‘zlashtirish bo‘yicha 80 ballik hamda ijtimoiy faollik bo‘yicha 20 ballik mezon asosida shakllantirilgan baholari e’lon qilinmoqda.
📌 Jami baholash mezoni: 100 ball
📚 Akademik o‘zlashtirish — 80 ball
🌐 Ijtimoiy faollik — 20 ball
❗️Akademik o‘zlashtirish va ijtimoiy faollik natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlardan 48 soat davomida apellyatsiya murojaatlarini quyidagi platforma orqali yuborishlari so‘raladi:
🔗 Ijtimoiy faollik va akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi platformasi: Apellyatsiya uchun murojaat shakli
⚠️ Eslatma: Apellyatsiya murojaatlari belgilangan 48 soatlik muddat ichida qabul qilinadi.