Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Turkiya madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda

01.12.2021, 17:16 Yangiliklar 1485

2021-yilning 1-dekabridan boshlab, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Turkiya madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirga Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, elchixona vakillari va O‘zbekistondagi TIKA tashkiloti rahbari Jamalettin Tuney tashrif buyurdilar.

1

Tadbirni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva va Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar o‘zlarining kirish so‘zlari bilan ochib berdilar va elchi janoblari tomonidan universitetning bir qator turkshunos professor-o‘qituvchilari hamda rektor G.Rixsiyeva turkshunoslik sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasi uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

2

Shu bilan birga, Gulchehra Rixsiyeva tomonidan TDSHU Turkshunoslik fakultetining ikki nafar talabasi rektor stipendiyasi bilan mukofotlandi. Mazkur tadbir Turkshunoslik fakulteti talabalarining raqs va musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

TDSHU Matbuot xizmati