Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

27.10.2023, 15:26 Yangiliklar 530

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100-yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston-Turkiya munosabat­lari­ning buguni va ertasi” mavzusidagi davra suhbati va “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi professori v.b. Xayrulla Hamidov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi, Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100-yilligi, Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining tashkil etilganining 105-yilligi va TURKSOY xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti tashkil etilganining 30-yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan “Özbek Edebiyatindan Seçme Eserler: Hikâyeler – Şiirler (Antoloji) (“O‘zbek adabiyotidan tanlangan asarlar: Hikoyalar – she’rlar (antologiya)” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

241A7945

Davra suhbati Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyevaning kirish va tabrik so‘zi bilan ochildi.

IMG_9915

Davra suhbatida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar so‘zga chiqdi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Qudratulla Omonovning “Turkiya Respublikasida amalga oshirilgan til, yozuv va familiya islohotlari” mavzuli ma’ruzasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Ulug‘bek Muhammadiyevning “O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari rivojlanishiga doir” mavzuli ma’ruzalari tinglandi.

241A7938

IMG_9922

IMG_9932

IMG_9958