Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda universitet Xotin-qizlar kengashi raisi va lider talaba qizlar uchrashuvi tashkil qilindi.

22.11.2022, 15:06 Yangiliklar 935

BRM5

Bugun universitet Xotin- qizlar kengashi raisi Sh.Zaynutdinovaning Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti lider talaba qizlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida talaba qizlarga Gender tenglik tushunchasi va unga  doir maʼlumotlar berib o‘tildi.Shu bilan birga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani, shu jumladan ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, ayollarni himoya qilish, aholining gender tenglik va ayollar huquqlarini taʼminlash, xususan, ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish, hamda,gender tengligini joriy qilish nuqtai nazaridan taʼlimdagi ijobiy o‘zgarishlar alohida taʼkidlab o‘tildi. Bu borada qizlarning talab va takliflari bo‘yicha fikr almashildi.