TDSHUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

2022-yil 11-iyunda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o’tkazilgan “O’zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda buddaviylik obidalarining o’rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O’zbekistonda turizmning yangi yo’nalishlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy jihatlari, Buddizm tarixi va bu yo’nalishdagi yangi tadqiqotlar, buddizm yodgorliklarining ziyorat turizmini tashkil etishda jahon tajribasi va undan O’zbekistonda foydalanish kabi mavzular konferentsiyaning muhokama markazida bo’ldi.
Xalqaro konferentsiyada Xitoy, Yaponiya, Tailand kabi dunyoning yetakchi davlatlaridan professor-olimlar ma’ruza qildilar va ilmiy munozara va muhokamada ishtirok etdilar. Konferentsiya davomida qilingan ilmiy ma’ruza va maqolalar ilmiy to’plam tarzida nashr etildi.
Innovatsion loyiha orqali amalga oshirilayotgan ishlar, tayyorlanayotgan sayyohlik mahsulotlari mamlakatimizning turistik jozibadorligini oshirib, nafaqat mahalliy balki, xorijlik sayyohlar oqimini yanada ko’paytirishga xizmat qiladi.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: