Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasi taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27.10.2026, 18:48 Yangiliklar 51

TDShUda Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasi taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil 27-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga XXRning Sichuan provinsiyasi taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibi:
-Din Deyu – Sichuan ta’lim departamenti direktorining o‘rinbosari;
–Yan Venbin – Sichuan pedagogika universiteti prorektori;
–Lo Syaofan – Ta’lim departamenti kasbiy ta’lim bo‘limi boshlig‘i;
–Lyaor Shanshan – Ta’lim departamenti tashqi aloqalar bo‘limi boshliq o‘rinbosari;
–Vey Fu – Janubi-g‘arbiy neft universitetining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i;
–Sun Syaoyun – Sichuan muhandislik kasb-hunar texnologiyalari universitetining xalqaro hamkorlik va almashinuv bo‘limi xodimi.

Muzokaralarda TDShU rektori, professor S.A.Nasirova, Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti rahbari S.Mustafayeva hamda Xitoyshunoslik oliy maktabi rahbari O.Ochilov , Tarjima, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi rahbari N.Rasulyeva ishtirok etishdi. Muloqot davomida oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot ishlari, malaka oshirish dasturlarini joriy etish hamda xitoyshunoslik yo‘nalishidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirishga kelishib oldilar.