TDSHUda xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda amaliyot o‘tash uchun nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida amaliyot o‘tash uchun nomzodlarni saralash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida suhbat jarayoni tashkil etildi.

Suhbat davomida nomzodlarning xorijiy tillarni bilish darajasi, xalqaro munosabatlar va diplomatik protokol bo‘yicha bilimlari, tahliliy fikrlashi, muloqot ko‘nikmalari hamda kasbiy salohiyati baholandi.



Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda amaliyot o‘tash talabalarga diplomatik faoliyatning amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishish, xalqaro tajriba orttirish va kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun zarur bilim hamda ko‘nikmalarni mustahkamlash imkonini beradi.


