Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Xorijiy sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

20.04.2024, 14:47 Yangiliklar 166

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasining tashabbusi bilan “Sharq mamlakatlaridagi tarixiy jarayonlar va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusida X respublika an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

_MG_88163

Mazkur konferensiya “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaririda belgilangan Sharq mamlakatlarining rivojlanish omillari, ulardagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar, sharq madaniyati va merosi, qadimiy yodgorlik va qo‘lyozmalarni ilmiy jihatdan o‘rganish, mazkur yo‘nalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish  vazifalardan kelib chiqqan  holda tashkil qilingan.

_MG_86324

Shuningdek, konferensiyaning kun tartibida O‘zbekistonda arab davlatlarining zamonaviy tarixini o‘rganish ishlariga ulkan hissa qo‘shgan, o‘ziga xos ilmiy maktab asoschisi, davlat mukofoti sovrindori, tarix fanlari doktori, professor Sattarov Telman Sattarovichning ilmiy ijodiy faoliyatiga doir ma’ruzalar ham tinglandi.

_MG_86323

Konferensiya ishida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor o‘qituvchilari va tadqiqotchilari bilan birga O‘zR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari, Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti singari oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

_MG_86321 _MG_86325

_MG_881612

_MG_88164

_MG_86327

_MG_881611

_MG_86322

33

_MG_881614

_MG_881613

_MG_881615

_MG_88162