Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Yangi iqtisodiyot rivojlanishi istiqbollari: global, mintaqaviy va milliy xususiyatlar” muhokama qilindi

21.04.2020, 17:24 Yangiliklar 1461

2020-yilning 21-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Yangi iqtisodiyot rivojlanishi istiqbollari: global, mintaqaviy va milliy xususiyatlar” mavzusida respublika on-layn ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti “Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi tomonidan “Zoom” platformasida tashkil etilgan mazkur konferensiyada universitet rahbariyati, professor-o’qituvchilar, soha mutaxassislari, doktorant va tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida ma’ruzachilar tomonidan yangi va an’anaviy iqtisodiyotlarni tasniflash masalalari, yangi iqtidoyotni shakllantirishga intilishlar va sanoatlashtirish siyosatining ustuvor yo’nalishlari, raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning nazariy asoslari, yangi iqtisodiyotga xos bo’lgan xususiyatlar va uning tarkibi kabi mavzular keng yoritib berildi. Konferensiya davomida mamlakatimizda yangi iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari, muammo va istiqbollari, shuningdek, milliy iqtisodiyotda klaster tizimlarini rivojlantirish masalalari ishtirokchilar tomonidan keng muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va tashkilotlarga taqdim etildi.

photo_2020-04-29_15-24-54 photo_2020-04-29_15-24-50 photo_2020-04-29_15-24-33 photo_2020-04-29_15-24-26