TDSHUda Yaponiyaning “Ajinomoto Co., Inc.” kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-yil 18-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning yirik oziq-ovqat va biotexnologiya kompaniyalaridan biri — “Ajinomoto Co., Inc.” kompaniyasi katta vitse-prezidenti va ijrochi direktori Yoshiteru Masai boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish hamda universitet va sanoat integratsiyasini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda kelgusida aloqalarni izchil rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.


