TDSHUda Yaponiyaning Tokio universiteti vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Tokio universiteti ijrochi vitse-prezidenti Shinichi Okoshi hamda professor Asuka Namai ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yaponiya vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda pedagogik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, akademik aloqalarni mustahkamlash hamda kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ta’limiy hamda ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va yangi akademik imkoniyatlarni yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.



