Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSI SHARQSHUNOSLAR TALQINIDA” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

16.02.2024, 18:16 Yangiliklar 293

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida  “ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSI SHARQSHUNOSLAR TALQINIDA” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

1708087064022

2024- yil 16- fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur merosi sharqshunoslar talqinida” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetda “Zahiriddin Muhammad Bobur merosini o’rganish markazi” va “Bobur nomidagi xalqaro mukofot sohibi”, sharqshunos, boburshunos olim, professor Ansoriddin Ibrohimov nomidagi o‘quv xonasi”ning ochilish marosimi bilan boshlandi.

_MG_4042

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayter, taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonov, Bobur xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov, sharqshunos hamda boburshunos olimlar, soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir doirasida Ansoriddin Ibrohimovning “Boburiylar merosi”, “Boburnoma- buyuk asar” kabi kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

_MG_4100
Shuningdek, tadbir doirasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi t.f.d., prof. Abdumajid Madraimov va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, PhD. Askariy Madraimov hammuallifligidagi “Buyuk shoir va olimning ajoyib taqdiri, g‘oroyib sarguzashtlari va ibratli hayoti” monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu monografiyada Temuriylar Renessansi yorqin siymolaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburning buyuk shoir va olim sifatidagi ajoyib va g‘aroyib xayoti, faoliyati va ijodi ommabop tarzda bayon etilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning “Vaqoyi” asari va uning tarix ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi keng bayon etilgan. “Vaqoyi” asari qo‘lyozmalariga ishlangan rasmlar Boburiylar davri miniatyura san’atining noyob namunalari ekanligi, bu asar san’at taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazgani hamda Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlari, buyuk xattot Sulton Ali Mashhadiy bitgan “Tanlangan Devon” va “Majolis un-nafois” asarlariga Boburiylar rassomlari yaratgan nafis mo‘’jaz rasmlar matn bilan qiyosiy o‘rganilgan.
Online muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur ilmiy-ma’rifiy tadbirda xorijlik boburshunos olimlar – Shafiqa Yorqin (Shvetsiya), Hasan Beg (Buyuk Britaniya), Shahid Taslim (Jamiya Milliya Islamiya universiteti, Hindiston) Mehbub Hussayn (Panjob universiteti, Pokiston) o‘z ma’ruzalari chiqish qildilar.

_MG_3927

_MG_3930

_MG_4025
Tadbir universitet talabalari tomonidan o‘qilgan sharq va g’arb tillaridagi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi namunalari hamda O’zbekiston konservatoriyasi xonandalari ijrosidagi Bobur g’azaliga bastalagan kuy-qo‘shilar bilan davom etdi.

_MG_4077

_MG_4073

_MG_4010

_MG_4021

_MG_4043

_MG_4057

_MG_4113

_MG_3858

_MG_3861