Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Eron Islom Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi tashirifi

15.07.2022, 23:18 Yangiliklar 235

2022- yil 15- iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiy bilan uchrashuv o‘tkazildi.

IMG_9938
Uchrashuv davomida universitetda eronshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalgan holda, uni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, bugungi kunda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligi bois, O‘zbekistonda sharqshunos kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortayotganligi qayd etildi.

IMG_9933 Shuningdek, universitetning fors tilini o‘rganayotgan talabalari uchun Eron oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada o‘qishni davom ettirish, o‘quv jarayoniga eronlik mutaxassislarni jalb etish borasida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida elchi Hamid Nayyirobodiy tomonidan universitetning “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasini zamonaviy me’yorda jihozlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: