Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Lyaonin pedagogika universiteti professori Liu Hong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

23.06.2025, 11:42 Yangiliklar 102

2025-yil 23-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti professori Liu Hong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy loyihalar, qo‘shma dasturlar va konferensiyalar tashkil etish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.