Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

27.11.2023, 11:45 Yangiliklar 627

L79A0030

2023-yil 27- noyabr sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi Bosh kotibi o‘rinbosari Professor Ibrahim Abanamee rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

L79A0019

Mazkur tashrif doirasida TDSHUda Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi bilan hamkorlikda universitet arabshunos mutaxassislari hamda tadqiqotchilari uchun tashkil etilgan arab tilidan bir haftalik intensiv malaka oshirish kurslariga start berildi.

L79A0007

Joriy yilning iyun oyida Saudiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda TDSHU bazasida ilk marotaba arab tili bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi | TDSHU – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (tsuos.uz) TDSHU bazasida Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi bilan hamkorlikda universitet o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etilgan edi. Malaka oshirish kurslarining navbatdagi – arab tilida ilmiy tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bosqichi 27- noyabrdan 1- dekabrga qadar davom etadi.

L79A0084

Kurs yakunida, malaka oshirgan tinglovchilarning bilimlari tegishli tartibda baholanadi hamda ularga xalqaro sertifikat taqdim etiladi.

L79A0092

L79A0076

L79A0066