Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Saudiya Arabistoni Umm Ul-Quro universiteti vakillari tashirif buyurdi

09.06.2023, 19:53 Yangiliklar 1360

2023-yil 9-iyun kuni TDSHUga Saudiya Arabistonining Umm Ul-Quro universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Omir ibn Evaz az Zaidiy, Umm ul Quro Arab tili o‘rganish instituti direktori Shayx Hasan Al Buxoriy, Tibbiyot fakulteti dekani Imad ibn Ali Al Jahdaliy, Amaliy fanlar fakulteti dekani Vail ibn Muhammad Al A’mudiy hamda universitet mazkur universitet xodimi Said ibn Abdulloh Al Zahroniy tashrif buyurdi.

IMG_20230609_195041_548

Suhbat boshida G.Rixsiyeva tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, TDSHU tuzilmasi hamda oʻqitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va sharq tillari haqida batafsil maʼlumot berdi.

IMG_20230609_195043_210

Uchrashuvda Umm Ul-Quro universiteti bilan ilmiy loyihalar, xususan “Duble Degree” loyihasi doirasida hamkorlik qilish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning uzoq va qisqa muddatli arab tili bo‘yicha til stajirovkalarini tashkil etish hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

IMG_20230609_195039_922

Umm Ul-Quro universiteti QS jahon universitetlari reytingida Top-400 dan joy olgan. Bugungi kunda mazkur oliygohda 4 mingdan ortiq ilmiy xodimlar faoliyat ko‘rsatib, 100 mingdan ziyod talaba tahsil oladi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

IMG_20230609_195047_272