Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Saudiya Arabistoni delegatsiyasi tashrif buyurdi

27.11.2023, 15:41 Yangiliklar 470

2023- yil 27- noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Saudiya Arabistonning Podshoh Saud universiteti prezidenti Badron al-Umar rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

L79A0161

Podshoh Saud universiteti delegatsiyasining TDSHUga tashrifi davomida ikki oliy ta‘lim muassasasi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida ikki davlat oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilish borasida memorandum va uni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi imzolandi.

L79A0173

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Saud universiteti o‘rtasida mazkur memorandum O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilk marotaba imzolangan ikki tomonlama hamkorlik borasidagi hujjat bo‘ldi.

L79A0176

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoning ar-Riyod shahrida joylashgan Podshoh Saud universitetiga 1957- yilda Saud ibn Abdulaziz tomonidan asos solingan bo’lib, mazkur dargohda deyarli barcha valiahd shahzodalar, podshoh hamda vazir oilasi a’zolari tahsil olgan.

L79A0204

Podshoh Saud universiteti yuqori Xalqaro nufuzga ega bo’lib, dunyo reytingida 203-o’rinni egallaydi.

L79A0230

L79A0252

L79A0278