Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Turkiyaning O’zbekistondagi TRT telekanali mas’ullari tashrif buyurishdi.

19.10.2022, 18:06 Yangiliklar 1473

2022-yil 19- oktabr kuni TDSHUga Turkiya respublika kuni munosabati bilan Turkiya davlat televideniyasi – TRTning O‘zbekistondagi vakili Nizam Shahin, TRT Tashqi treyninglar direktori, Direktorlar kengashi raisi maslahatchisi Zeynep Tekinler hamda Tashqi treyninglar boshqarmasi mutaxassis yordamchisi, o‘quv dasturi mas’ul xodimi Birje Aleyna Sari tashrif buyurdi.

IMG_9641

Uchrashuv chog‘ida TDSHU hamda TRT o‘rtasidagi yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari qizg‘in muhokama qilinib, hamkorlik memorandumini imzolash hamda birgalikda amalga oshiriladigan rejalar bo‘yicha kelishib olindi.

IMG_9630

Mazkur hamkorlikning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun TRT bilan hamkorlikda maxsus seminar-treninglar tashkil etish, TRTda amaliyot o’tash bo’lajak jurnalistlar faoliyatiga samarali xizmat qiladi va yangi imkoniyatlar ochib beradi.

IMG_9660