Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga “TURKSOY” bosh kotibi Sultan Rayev tashrif buyurdi

09.09.2022, 17:55 Yangiliklar 1570

BRM 17

Turkiya madaniyati xalqaro tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya madaniyat vazirliklari tomonidan imzolangan shartnoma va hamkorlik tamoyillariga ko‘ra tashkil etilgan edi. Xalqaro tashkilot turkiy xalqlarini birlashtirgan holda moddiy va madaniy yodgorliklarni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish ishlarida muhim omil bo‘lmoqda.

IMG_5688

Jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham “TURKSOY” bilan hamkorlik aloqalari yaqindan yo‘lga qo‘yilgan. 2022-yilning 6-iyun kunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva va “TURKSOY” bosh kotibi Sultan Rayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib unda
Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik borasida muhim masalalarni muhokama qildi.

IMG_5680

Bugun 9-sentabr sanasida ushbu kelishuv asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “TURKSOY” xonasi ochildi. Ochilish marosimida “TURKSOY” tashkiloti bosh kotibi  Sultan Rayev  hamda tashkilot vakillari ishtirok etdi.

IMG_5689

TDSHUda yaqin kelajakda “TURKSOY”  markazi  ochilishi va mazkur markaz doirasida turkshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish,  talabalar va professor-o‘qituvchilarni markaz faoliyatiga jalb qilish kabilar rejalashtirildi.

IMG_5741

Shuningdek, ochilish marosimida “TURKSOY” tashkilotining  faoliyati bilan bog‘liq foto-ko‘rgazma ham tashkil etildi.

IMG_5739