Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Yaponiya kompaniyasi rahbarlari tashrif buyurdi

03.10.2025, 14:01 Yangiliklar 780

2025-yil 2-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Balcom kompaniyasi Raisi, O‘zbekistonning Xirosima, Okayama va Fukuoka prefekturalaridagi faxriy konsuli, shuningdek, Yaponiya–O‘zbekiston iqtisodiy, madaniy va sport assotsiatsiyasi raisi bo‘lgan janob Yamasaka Tetsuro boshchiligida yetti nafar yapon kompaniyasi rahbarlari tashrif buyurdi.

 

Tashrif doirasida universitet va yapon kompaniyalari o‘rtasida talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, qo‘shma trening va o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, Balcom kompaniyasi investitsiyasi asosida universitet bazasida yangi markaz tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ushbu markaz talabalar va bitiruvchilar uchun markazlashtirilgan tarzda amaliyot va bandlik imkoniyatlarini taqdim etish, kompaniyalar bilan hamkorlikda trening va master-klasslar tashkil etish, ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish hamda madaniy va akademik almashinuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tashrif davomida delegatsiya markaz uchun ajratilgan hududni ko‘zdan kechirdi hamda texnik imkoniyatlar dastlabki tarzda baholandi. Uchrashuv yakunida tomonlar markazning aniq ish rejasi, moliyaviy va tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish, amaliyot va ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirishga kelishib oldilar.

 

    WordPress Lab YellowPencil – Visual CSS Style Editor Yena – Beauty & Cosmetic WooCommerce Theme Yet Skin – Add-on for Go Pricing YITH Advanced Refund System for WooCommerce Premium YITH Auctions for WooCommerce Premium YITH Booking And Appointment for WooCommerce Premium YITH Composite Products for WooCommerce Premium YITH Donations for WooCommerce Premium YITH Dynamic Pricing per Payment Method for WooCommerce Premium YITH Easy Login & Register Popup For WooCommerce