TDŞU va Siçuan xorijiy tillar universiteti örtasida ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş töğrisidagi kelişuv imzolandi
2026-yil 27-oktabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti (TDŞU) hamda Xitoy Xalq Respublikasining Siçuan xorijiy tillar universiteti örtasida “Özbekiston – Xitoy ilmiy-tadqiqot markazi”ni taşkil etiş töğrisidagi kelişuv imzolandi.
Mazkur kelişuv ikki universitet örtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, Özbekiston va Xitoy böyiça ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, şuningdek, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi özaro aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan.

Kelişuvga muvofiq, ilmiy-tadqiqot markazi Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti huzuridagi Özbekiston–Xitoy Konfutsiy instituti negizida faoliyat yuritadi. Markazning asosiy vazifalari ikki mamlakat tarixi, tili, adabiyoti va madaniyatini kompleks örganiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda ilmiy izlanişlar natijalarini keng jamoatçilikka yetkazişdan iborat.

Hamkorlik doirasida quyidagi yönalişlarda faoliyat olib boriş közda tutilgan:
Qöşma ilmiy tadqiqotlar: Özbekiston va Xitoyni örganişga oid ustuvor ilmiy yönalişlarni belgilaş, ilmiy loyihalar va amaliy tadqiqotlarni amalga oşiriş;
Ilmiy salohiyatni rivojlantiriş: yuqori malakali tadqiqot guruhlarini şakllantiriş, grantlar va moliyalaştiriş dasturlarida hamkorlikda iştirok etiş;
Ilmiy naşrlar va tarjima: akademik, öquv va luğat materiallarini tayyorlaş va naşr etiş, Özbekiston hamda Xitoyning zamonaviy va mumtoz asarlarini tarjima qiliş;
Akademik tadbirlar: xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarni taşkil etiş;
Akademik mobillik: ikki mamlakat olimlari va tadqiqotçilarining özaro taşriflarini qöllab-quvvatlaş, ilmiy tajriba almaşinuvini rivojlantiriş;
Madaniy-ma’rifiy hamkorlik: ikki xalq madaniyatini keng tarğib qiliş va ilmiy hamjamiyatlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş.



Şuningdek, kelişuvda Markaz faoliyatini muvofiqlaştiriş, hamkorlik natijalarini muntazam baholaş hamda kelgusidagi vazifalarni belgilaş uçun hamkorlik kengaşini şakllantiriş nazarda tutilgan.
Mazkur kelişuv Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti va Siçuan xorijiy tillar universiteti örtasidagi uzoq muddatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma tadqiqotlar kölamini kengaytiriş hamda Özbekiston va Xitoy örtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlaş yölidagi muhim qadam hisoblanadi.