Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDŞU vakillari “2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili”ning rasmiy oçiliş marosimida faol iştirok etişdi

27.11.2026, 18:10 Yangiliklar 50

2026-yil 27-noyabr kuni Toşkentda BMT Boş Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan «2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili» ning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.

Tadbirning Özbekistonda ötkazilişi Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 1-aprelda «BMT Turizm» taşkiloti rahbariyati bilan uçraşuvda ilgari surgan taşabbusi asosida amalga oşdi. Marosimda davlatimiz rahbarining tabrigi Administratsiya rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan öqib eşittirildi. Prezident nutqida etnomadaniyatni asrab-avaylaş, uni turizm orqali jahonga tanitiş hamda 2027-yil bilan çeklanmay, keyingi beş yilga möljallangan global harakatlar rejasini işlab çiqiş taklif etildi.

Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda universitet rektori, professor Saodat Nasirova hamda “Turizm” kafedrasi mudiri Çori Husanov qatnaşib, barqaror turizmni rivojlantiriş va uşbu yönalişda kadrlar tayyorlaş masalalari yuzasidan ötkazilgan yalpi majlisda iştirok etdilar.
Şuningdek, marosimning yuqori saviyada va xalqaro standartlar asosida ötişida TDŞU professor-öqituvçilari ham munosib hissa qöşdilar. Xususan, tadbirda:
Otabek Ikrombekov — TDŞU Arabşunoslik oliy maktabi ustozi (arab tili böyiça tarjimon);
Farzona Norova — TDŞU Xitoyşunoslik oliy maktabi ustozi (xitoy tili böyiça tarjimon) sifatida faoliyat olib bordilar.

Universitet jamoasining bunday yirik xalqaro tadbirlardagi faol iştiroki TDŞUning nafaqat şarq tillari va madaniyatini örganiş, balki xalqaro turizm va diplomatiya sohalarida ham yetakçi ilmiy-amaliy markazlardan biri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.