TDŞU xodimi mehnat sohasida tazyiq va zöravonlikning oldini oliş böyiça maxsus ekspert sifatida tayyorlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-345-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, davlat organlari va taşkilotlarida mehnat sohasidagi tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, xodimlar uçun xavfsiz hamda özaro hurmatga asoslangan iş muhitini şakllantiriş maqsadida joriy yilning 10–13-noyabr kunlari “Davlat mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta’minlaş hamda tazyiq va zöravonlikning oldini oliş” mavzusida maxsus ekspertlar tayyorlaş treningi ötkazildi.
Mazkur trening Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi, Buyuk Britaniyaning UK International Development taşkiloti hamda BMT Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) hamkorligida taşkil etildi.
Treningda universitetning Xodimlar bölimi boşliği Nasirova Nilufar Yuldaşevna faol iştirok etib, mehnat munosabatlarida tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini şakllantiriş hamda uşbu yönalişda treninglar taşkil etiş böyiça bilim va amaliy könikmalarini oşirdi.
Trening yakunlariga köra, N.Y.Nasirovaga mazkur öquv dasturi va uning metodik materiallari asosida tegişli yönalişda treninglar ötkaziş huquqi berildi.
Uşbu malaka va vakolat universitetda soğlom, xavfsiz hamda özaro hurmatga asoslangan mehnat muhitini yanada mustahkamlaş, şuningdek, mehnat munosabatlarida tazyiq va zöravonlik holatlarini oldini olişga xizmat qiladi.
