TDŞUda “Özbekiston va Turkiya – abadiy döstlik” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir ötkazildi
2026-yil 11-noyabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti Madaniyat saroyida “Özbekiston va Turkiya – abadiy döstlik” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirda universitet rektori Saodat Abdullayevna Nasirova, Turkiya madaniyat markazi vakillari, professor-öqituvçilar, talabalar hamda faxriy mehmonlar iştirok etdilar.
Mazkur tadbir Özbekiston va Turkiya örtasidagi tarixiy ildizlari muştarak, ma’naviy qadriyatlari muştarak bölgan ikki qardoş xalq örtasidagi döstlik, birodarlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaş, yoş avlod qalbida özaro hurmat va hamjihatlik tuyğularini yuksaltirişga xizmat qildi.
Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdöğan uçraşuvlariga oid videolavhalar namoyiş etildi. Şuningdek, Turkiya Prezidenti tomonidan “Turkiston” şe’rining öqilişi aks etgan videolavha orqali ikki mamlakat örtasidagi tarixiy va ma’naviy yaqinlik yana bir bor namoyon etdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy çiqişlar, şe’rlar, kuy-qöşiqlar, monologlar va sahna körinişlari namoyiş etildi. Xususan, “Bu vatan senin”, “Bu vatan kimin”, “Uluğimsan Vatanim”, “Ozarbayjon” kabi şe’rlar, Ilyas Gulaydin ijodiga mansub qöşiqlar, “Benim hikayem” musiqiy ijrosi hamda turk va özbek milliy raqslari tomoşabinlarga özgaça taassurot bağişladi.
Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar va öqilgan şe’rlar ikki xalqning muştarak tarixi, ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat, tinçlik va döstlik ğoyalarini özida mujassam etdi. Turk va özbek milliy san’ati namunalarining bir sahnada uyğunlaşuvi ikki xalq madaniyatining özaro yaqinligi va boyligini yorqin aks ettirdi.
Ta’kidlaş joizki, Özbekiston va Turkiya xalqlarini asrlar davomida birlaştirib kelayotgan tarixiy riştalar, umumiy ma’naviy meros, til va madaniyatdagi yaqinlik bugungi kunda ikki davlat örtasidagi strategik hamkorlikning mustahkam poydevori bölib xizmat qilmoqda. Bunday madaniy-ma’rifiy uçraşuvlar esa uşbu döstlikni yoş avlod ongiga singdiriş, xalqlar örtasidagi özaro anglaşuv va hamjihatlikni yanada rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.








