Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDŞUda Yaponiya universitetlarida tahsil oliş imkoniyatlariga bağişlangan uçraşuv ötkazildi

26.10.2026, 18:24 Yangiliklar 41

2026-yil 26-oktabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universitetiga Yaponiyaning SOKENDAI, Tsukuba, Nagoya, Nagaoka, Kobe, Yamagata hamda Yokohama milliy universitetlari vakillari taşrif buyurdi.

Uçraşuv davomida Yaponiya universitetlarining ta’lim va ilmiy tadqiqot imkoniyatlari, xalqaro akademik almaşinuv dasturlari hamda xorijiy talabalar uçun yaratilgan şaroitlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, MEXT stipendiyalari, Global 30 taşabbusi, JSPS dasturlari va JASSO grantlari taqdim etildi.

Muloqot davomida talabalar Yaponiyada tahsil oliş, ilmiy izlanişlar olib boriş va xalqaro stipendiya dasturlarida iştirok etiş böyiça özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Muzokaralarda akademik mobillikni rivojlantiriş, talabalar va tadqiqotçilar uçun stajirovka imkoniyatlarini kengaytiriş, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yönalişlarda hamkorlikni rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari böyiça kelişib oldilar.

Uşbu uçraşuv universitetlararo aloqalarni mustahkamlaş, talabalar uçun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş hamda ta’lim sifatini oşirişga xizmat qiladi.