Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tehron universiteti bilan Anglashuv Memorandumi imzolandi.

30.11.2020, 16:35 Yangiliklar 1617

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hamid Nayrobodiy tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Tehron universiteti bilan Anglashuv Memorandumi imzolandi. Shu bilan birga, joriy yili Eronda Tehron universiteti professori Vakiliy Fard muharrirligida nashr qilingan universitet professori Ahmadjon Quronbekovning monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida mehmon “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi faoliyati, uning qoshidagi kutubxona hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan eronshunoslik bo‘yicha nashr etilgan o‘quv va ilmiy adabiyotlari bilan tanishdi.