Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Temuriylar tarixi davlat muzeyida sayyor dars o’tkazildi.

23.05.2019, 16:13 Yangiliklar 1737

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligidagi 2019-yil 19-martda o’tkazilgan majlisning 12-sonli bayoni 10-bandida belgilangan topshiriqlar , Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligining 13-apreldagi “Oliy ta’lim muassalarida dars mashg’ulotlarini mavzularga tegishli joylarda sayyoq dars o’tkazilishini ta’minlash to’g’risida”gi 340-sonli hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institute rektorining 2019-yil 18-apreldagi 01-310 sonli buyruqlari ijrosini taminlash maqsadida MOXT yo’nalishida sayyor darslar tashkil etildi.

2019-yil 18-may kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Alimova Rahima Risqlulovna 2-kurs talabalariga “Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Amir Temur va Temuriylarning tutgan o’rni” mavzusida sayyor dars o’tildi.

Talabalar Temuriylar davriga tegishli yodgorliklar, tarixiy buyumlar va manbalar bilan yaqindan tanishdilar.