Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Temuriylar tarixi davlat muzeyining 3D formati yaratildi

09.04.2020, 17:07 Yangiliklar 4581

Temuriylar tarixi davlat muzeyini endilikda 3D formatda tomosha qilish mumkin. Virtual muzey elektron axborot vositalari tomonidan taqdim etiladigan interaktiv xususiyatlardan foydalanish bilan tavsiflanadi: foydalanuvchi uch o‘lchamli zallar orqali «harakat qilishi» mumkin, har qanday ma’lumot va tasvirlarni olishi mumkin.

Kuni kecha Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda Sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan kunning 684 yilligiga atab “Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat” mavzuida onlayn ma’rifiy-ilmiy suhbat o‘tkazdi. Ushbu ma’rifiy suhbat Zoom platformasida onlayn formatda tashkil etildi. Suhbat yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalarining Zoom dasturi orqali Temuriylar tarixi davlat muzeyiga onlayn tashrifi ham uyushtirildi.

Suyidagi havoladan programmani ko’chirib olib siz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat qilishiniz mumkin.

http://tashgiv.uz/wp-content/uploads/2020/04/temuriyalrmuzeyi3darxiv.zip

001 002 003 004 005 006