Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida “Stadionlar va xiyobonlar” bo‘limi tashkil etilib, unga 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
✅ Stadion yoki xiyobonning rasmi;
✅ Hududga kirish joylari;
✅ Stadion yoki xiyobon nomi;
✅ Stadion yoki xiyobon manzili;
✅ Sektor raqami;
✅ Test topshiradigan guruhlar;
✅ Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.
Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar:
👉 https://dtm.uz/page/stadionlar_2020
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: