Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TINCHLIKDAN, HAYOTDAN MUHIM QADRIYAT YO‘Q

06.07.2022, 18:21 Yangiliklar 1412

Joriy yilning 01.07.2022 kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan shuni aytishim mumkinki, fuqarolar har qanday vaziyatda ham o‘z hissiyotlariga berilmasdan, vatan tinchligi, bir inson hayoti yaratgan in’om etgan eng katta ne’mat ekanini unutmasligi lozim.
Shu sababdan Nukusda yashash uyimning oldida, ko‘chamizda pravokatorlar to‘planishi bilan shahar tashqarisidagi buvimning uyiga oilamiz bilan ketdik. Umuman qayerda separatizm yoki tinchlikka rahna soluvchi voqealar bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha joyda xotirjamlik, inson qadri, barcha qadriyatlar toptalganini ko‘rishimiz mumkin. Bu harakatlar qoraqalpoq xalqining hatti-harakati emas, bunga ishonmayman. Sababi chetdan qilingan dushmanlarning rejali, aniq belgilangan harakatidir. Men vatanimni sevaman, uning fidoiy farzandiman, ko‘p millatli vatanimizda istalgan bir insonning kamsitilishi, inson qadrining yerga urilishiga qarshiman. Men esimni taniganim, 15 yildan beri Qoraqalpog‘istonda bunday agressiyani ko‘rmagan-man yoki, Nukusda bir insonning boshqasi ustidan zo‘ravorligini kuzatmaganman. Shuncha yillardan beri qoraqalpoqlar o‘z orzusi, hayoti, bunyodkorligi bilan tinch yashab kelmoqda. Biror insonning respublikamiz ichki ishiga aralashgani, majburiy choralar ko‘rganini kuzatmaganman. Talaba sifatida yoshlarga yaratilgan sharoitlar, chetga chiqasizmi, kredit olib biznes qilasizmi, sport bilan o‘zingizni ko‘rsatasizmi, nima intilishingiz bo‘lsa hammasiga imkon bor, – deb o‘ylayman. Bir guruh jinoyatchilarning Qoraqalpo-g‘istonda qilgan ishi uchun qaroqalpoq millati aybdor bo‘lmaydi, unday g‘alamislar albatta jazo olishi kerak. Biz qoraqalpoqlar ham dunyoning eng mehnatqash, bunyodkor xalqimiz, biz ham shu yurtning rivoji va tarqqiyotini istaymiz.

TDSHU, Sharq sivilizatsiyasi va tarix
fakulteti 2-kurs talabasi Yerdashev Azizbek Urazbayevich