Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHI yaponshunoslik fakulteti talabalarining Qurolli Kuchlar muzeyiga sayohati

04.02.2020, 13:52 Yangiliklar 1463

4-fevral kuni ToshDSHI yaponshunoslik fakulteti talabalari Qurolli Kuchlar muzeyiga sayohat uyushtirdilar.Muzey 1965 yilda tashkil topgan bo’lib, muzey ekspozitsiyasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi. Shuningdek muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida “Temuriylar davri harbiy san’ati” ekspozitsiyasi ham mavjud. Bu yerda harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining sxemalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari o‘rin olgan. O‘zbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bag‘ishlangan ekspozitsiya ham mavjud. “Mustaqil O‘zbekistonni qo‘riqlash” ekspozitsiyasida qo‘shin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida ma’lumotlar olish mumkin.

photo_2020-02-07_11-01-01-1024x768