Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga abiturentlardan hujjat qabul qilish jarayoni tugadi

16.07.2019, 08:24 Yangiliklar 3288

15-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavriat boshqichiga abiturentlardan hujjat qabul qilish jarayoni tugadi. Bir oy davomida yigirmadan ortiq operator va mas’ullar tomonidan o‘qishga kirish istagini bildirgan barcha abiturent va ularning ota-onalariga xizmat ko‘rsatildi, savollariga javob berildi.
2019-2020 o‘quv yilida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi bo‘lish niyatida jami 4773 ta (kunduzgi), 927 ta (sirtqi), 1252 ta (kechki) abiturentdan hujjatlar qabul qilingan.

Yo‘lishlar kesimida quyidagicha:
Kunduzgi
Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili – 530 ta (329 ta o‘zbek, 201 ta rus;
Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili – 154 ta (70 ta o‘zbek, 84 ta rus);
Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili – 609 ta (439 ta o‘zbek, 170 ta rus);
Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili – 389 ta (203 ta o‘zbek, 186 ta rus);
Filologiya va tillarni o‘qitish: sharq mumtoz tillari – 131 ta;
Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili – 400 ta (295 ta o‘zbek, 105 ta rus);
Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili – 151 ta (101 ta o‘zbek, 50 ta rus);
Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili – 61 ta;
Filologiya va tillarni o‘qitish: urdu tili – 57 ta;
Filologiya va tillarni o‘qitish: hind tili – 99 ta (51 ta o‘zbek, 48 ta rus);
Filologiya va tillarni o‘qitish: malay tili – 52 ta;
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: yapon tili – 62 ta;
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: turk tili – 78 ta;
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili – 64 ta;
Tarix – 942 ta (735 ta o‘zbek, 207 ta rus);
Jahon siyosati – 407 ta (291 ta o‘zbek, 116 ta rus);
Sharq falsafasi va madaniyati – 159 ta;
Xorijiy mamlakatlat iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari – 158 ta (80 ta o‘zbek, 78 ta rus);
Xorijiy mamlakatlat iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Janubiy-Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari – 184 ta (79 ta o‘zbek, 105 ta rus);
Xorijiy mamlakatlat iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy – 83 ta.

Sirtqi
Tarix – 446 ta;
Jahon siyosati – 188 ta;
Xorijiy mamlakatlat iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari – 163 ta (94 ta o‘zbek, 69 ta rus);
Xorijiy mamlakatlat iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Janubiy-Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari – 133 ta (70 ta o‘zbek, 63 ta rus).

Kechki
Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili – 186 ta;
Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili – 126 ta;
Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili – 143 ta;
Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili – 107 ta;
Tarix – 373 ta;
Jahon siyosati – 170 ta;
Xorijiy mamlakatlat iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari – 79 ta.

Ular orasida
– 4 nafar fan olimpiada va 3 nafar davlat mukofoti (Zulfiya) sovrindorlari;
– 2 nafar ko‘zi ojiz inson;
– 13 nafar chet el fuqarosi;
– 21 nafar nogironligi bor shaxslar;
– 2 nafar chin yetim;
– 93 nafar muddatli harbiyxizmatni o‘tagan shaxslar;
– 106 ta harbiy xizmatchilarning farzandlari;
– 30 ta IIV xizmatchilarining farzandlari;
– 197 nafar chet tilidan ijodiy imtihon topshiruvchi abiturentlar mavjud.

photo_2019-07-18_16-29-06 photo_2019-07-18_16-29-05 photo_2019-07-18_16-29-09 photo_2019-07-18_16-29-42