Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2023-2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli Davlat (Navoiy, Islom Karimov) stipendiyalariga qabul e’lon qiladi!

06.06.2023, 13:07 E'lonlar 1831

Nomzodlar joriy yilning 20-iyun kuniga qadar o‘z hujjatlarini universitetning “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limiga taqdim etishlari mumkin.

Talabgorlardan talab qilinadigan hujjatlar:

✅ Sinov daftarchasidan ko‘chirma;

✅ Fakultet dekani tavsiyanomasi;

✅ Kafedra mudiri tavsiyanomasi;

✅ Ilmiy rahbar xulosasi;

✅ Universitetda tahsil olish davomida e’lon qilingan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati;

✅ Universitetda tahsil olish davomida e’lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining pdf nusxasi;

✅ Universitetda tahsil olish davomida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning pdf nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar).

Batafsil ma’lumot: +99897-720-00-14

STIPENDIYALARGA TALABLAR