Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Leyden universiteti rektorlarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

24.06.2023, 20:37 Yangiliklar 1921

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Niderlandiyaning eng qadimiy universitetlaridan bo‘lgan, Leyden universitetida xizmat safarida bo‘lib turgan TDSHU rektori G.Rixsiyeva mazkur universitet rektori professor Hester Bijl bilan uchrashdi. Universitet rektori professor Hester Bijl qariyb 500 yillik tarixga ega ta’lim muassasasining ilk ayol rektori bo‘lib, matematik olim sifatida ham ilmiy hamjamiyatda e’tiborga ega.

IMG_20230625_163808_617

Professor Hester Bijl TDSHU rektori G.Rixsiyevani Leyden universitetining eng qadimiy xonalaridan bo‘lgan – «Muzokaralar zali»da kutib oldi. Uchrashuvda shuningdek, Leyden universiteti ma‘sul xodimi, sharq badiiy miniatyura san’ati bo‘yicha mutaxassis, eronshunos olima professor Gabriyella Van den Berg ham ishtirok etdi.

IMG_20230625_163809_011

Uchrashuv avvalida G.Rixsiyeva O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar haqida atfoflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Suhbat davomida TDSHU va Leyden Unviversiteti o‘rtasidagi yangilangan shartnoma doirasidagi yangi hamkorlik yo‘nalishlari haqida fikr almashildi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, taraflar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, professor-o‘qituvchilar va talabalarni akademik almashuvini kengaytirish, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish,  ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

IMG_20230625_163808_917

    WordPress Lab Visual Admin Menu Visual Composer – Background Liquid Effects Visual Composer – Background Slider Pro Visual Composer – Background Wave Effects Visual Composer – Gallery And Album Bundle Visual Composer | Pricing Tables By NBGoyani Visual Composer – Ultimate Gallery Album Visual Composer – Ultimate Gooey Menu Visual Composer – Ultimate Magic Popup Visual Composer – Vista Gallery