Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi (KSGAAL) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

13.06.2024, 16:54 Yangiliklar 150

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi (KSGAAL) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

_MG_00681

 

⚡️2024- yilning 13- iyun kuni TDSHUga Saudiya Arabistonining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yusuf bin Solih al-Utaybiy janobi oliylari  hamda Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi Bosh kotibi doktor Abdulla bin Solih al-Vashmiy rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

_MG_00211

⭐️ Tashrif doirasida martabali mehmonlar Universitet tarixi muzeyi bilan tanishdilar.

_MG_00432
✔️ Muloqotlar chog‘ida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik masalalari va yo‘nalishlari muhokama qilinib, muzokaralardan so‘ng TDSHU hamda Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi.

_MG_00433

📌 Delegatsiya vakillari muzokaralardan so‘ng universitet arabshunos professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, arab tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va takomillashtirish kabi istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.

_MG_01771

_MG_01772