Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yaponiyaning Reigi-Saxou assotsiatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

18.08.2023, 12:13 Yangiliklar 891

2023- yil 17- avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga rahbariyati hamda “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi direktori Norio Amemiya va director o‘rinbosari Emi Ozaki o‘rtasida online video-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan, TDSHU talabalari uchun Yaponiyada maxsus o‘quv kurslari tashkil etish, malakaviy amaliyotlari Yaponiyaning besh yulduzli mexmonxonalarida o‘tashi, TDSHUda yapon madaniyati markazini ochish, bepul yapon tili va Yaponiya madaniyatiga oid to‘garaklar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

IMG_4327

Uchrashuv so’nggida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yaponiyaning Reigi-Saxou assotsiatsiyasi o’rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.